1

Xalq ta`limi vazirligi vazirlik nomidan "rasmiy" maqom qo`yib olgan soxta kanallardan ogohlantirdi

Jamiyat 23.09.2020, 11:22
Xalq ta`limi vazirligi vazirlik nomidan "rasmiy" maqom qo`yib olgan soxta kanallardan ogohlantirdi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram messendjerida Xalq ta`limi vazirligi nomidan kanal ochib, vazirlik tomonidan berilayotgan yangiliklarni rasmiy manbasi ko`rsatilmagan holda o`z nomidan e`lon qilib borayotgan holatlar ko`plab kuzatilmoqda.  Vazirlik matbuot xizmati soxta kanal yangiliklariga aldanmaslikka chaqirdi. 

"Ajablanarli tomoni ushbu kanallar o`ziga "Rasmiy" statusini ham qo`yib olgan. Ana shunday kanallardan birida bugun ta`limga mutlaqo dahli bo`lmagan behayo reklama e`lon qilindi. Tabiiyki, bu e`lon ko`pchilik tomonidan vazirlikka tegishli deb noto`g`ri talqin qilindi" deydi Vazirlik matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova.

Xalq ta`limi vazirligi ushbu kanalning Xalq ta`limi vazirligi tizimiga hech qanday dahli yo`ligini, vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hech qanday mahsulotlarga oid reklama e`lonlari joylashtirilmaydi.

Ma`lumot o`rnida:
Xalq ta`limi vazirligiga tegishli rasmiy kanallar quyidagilar:

1. Rasmiy sayt: www.uzedu.uz  

2. Telegram: @uzedu

3. “Online-Maktab” loyihasi rasmiy telegram kanali: @uzeduonlinemaktab

4. Youtube: http://bit.ly/2PYbkOx  

5. Mover.uz: https://mover.uz/channel/uzedu

6. Facebook: https://www.facebook.com/uzedu

7. Instagram: https://www.instagram.com/uzedu.uz/

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1