1

"Toshkentda qoidabuzar GAI"ga izoh berildi

Jamiyat 23.09.2020, 11:52
"Toshkentda qoidabuzar GAI"ga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda qoidabuzar GAI. Qonun barcha uchun barobar. Jamoatchilik nazorati” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Holatga O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi. 

Video lavhada, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori F.Fayzullaevga tegishli bo`lgan transport vositasi “Yo`l harakati qoidalari”ga amal qilmagan holda, transport vositalarining to`xtashini taqiqlovchi, yo`lning harakatlanish qismi chetiga chizilgan sariq rangdagi 1.4. chiziq ustida to`xtab turgan vaqtida, noma`lum fuqaro tomonidan e`tiroz bildirilishiga sabab bo`lgan.

YPX xodimi F.Fayzullaev fuqaroning talabiga ko`ra to`xtash mumkin bo`lmagan joydan transport vositasini olib ketayotgan vaqtda, harakatlanish bo`laklari o`rtasida chizilgan uzluksiz oq rangdagi sidirg`a chiziqni bosib harakatlanib qoidalar buzilishini davom ettirgan.

Mazkur holat fuqaro tomonidan video tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1