1

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to`lovlarni to`lashni to`xtatib turish muddati uzaytirildi

Jamiyat 23.09.2020, 12:14
Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to`lovlarni to`lashni to`xtatib turish muddati uzaytirildi

“2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta`minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Unga ko`ra:

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi, OTMlarning moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishining to`xtatib turilishi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to`lashning 1-3 razryadlari qo`llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi mablag`lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 mlrd 288 mln so`m xarajatlar maqbullashtirildi.

Qarorga ko`ra:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi – respublika byudjetiga;
  • ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablag`lar – Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasiga o`tkaziladi.

 

 Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1