1

Pandemiya inqirozi: Tailanddagi eng mashhur dam olish maskanida ochlik boshlandi

Dunyo 23.09.2020, 13:40
Pandemiya inqirozi: Tailanddagi eng mashhur dam olish maskanida ochlik boshlandi

Mahalliy aholining asosiy daromad manbai bo`lgan sayyohlarni faqat oktyabr oyida qabul qilish rejalashtirilgani bois global koronavirus pandemiyasi tufayli Tailandning eng mashhur kurortlaridan biri oziq-ovqat bilan bog`liq muammolarga duch keldi. Bu haqda internet manbalariga tayanib xs.uz yozdi.

“The Thaiger” nashri xabariga ko`ra, chegaralar yopiq bo`lganligi sababli Pxuketning g`arbiy qirg`og`ida yashovchilar ochlikdan azob chekishni boshlashgan.

Avvalroq Pxuket vise-gubernatori Tailand Mehnat vazirligidan ishsiz qolgan (orol aholisining muhim qismi turizm yoki tegishli hududlarda ish bilan mashg`ul bo`lgan) kamida ming kishiga yordam berishni so`ragan edi.

Dastlab, ularga davlat yordam bergan, o`sha mablag` hisobiga aholiga ikki marta bepul oziq-ovqat mahulotlari tarqatilgan. Ammo hozirda ushbu ish bilan xususiy xayriya tashkilotlari shug`ullanmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1