1

Ro`mol o`ragan ayollarga IIB va Milliy gvardiya xodimlari ozor berayotgani haqidagi xabar haqiqatga zid

Jamiyat 23.09.2020, 14:08
Ro`mol o`ragan ayollarga IIB va Milliy gvardiya xodimlari ozor berayotgani haqidagi xabar haqiqatga zid

Internet tarmog`ida tarqagan videomurojaatlardan birida muallif ro`mol o`ragan ayollarga go`yoki ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya tomonidan ozor berilayotgani haqida gapirgan.

Mazkur fikrlar haqiqatdan yiroq. Ro`mol o`ragan ayollarga hech qanday ozor berilayotgani yo`q, bunday topshiriqlar bo`lmagan, bo`lmaydi ham

Ayollarni avtobusga taklif qilishdan yagona maqsad – koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan xavfsizlik me`yorlariga rioya qilish muhimligi haqida santariya-epidemiologiya nazorati xizmati va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbatlar o`tkazilishi bo`lgan.

Jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo`lgan fuqaro S.N. va N.R.lar sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbat o`tkazilishi uchun avtobusga chiqayotgan vaqtlari video muallifi tomonidan tasvirga tushirilgan. Videodagi voqea 21 sentyabr kuni taxminan soat 19.25 da Shayxontohur tumani G`uncha massivi hududida ro`y bergan.     

Hurmatli fuqarolar! Internetga video joylab, unga o`z fikrlaringizni  qo`shishdan oldin aslida nima bo`layotgani haqida qiziqib ko`rishingizni so`raymiz. Avtomobil ichida o`tirvolib, o`z mulohazalaringiz bilan o`rtoqlashishingizni to`g`ri ish deb bo`lmaydi. Agar video muallifi avtobusdagi ayollardan xavotirda bo`lganida, xodimlarning yoniga borib, nima bo`layotgani haqida qiziqib ko`rgan bo`lmasmidi?

Shu bilan birga, shahrimiz aholisi va mehmonlariga koronavirus xavfi hanuz dolzarbligini eslatib o`tmoqchimiz. Ko`pchiligimiz kasallikni boshdan o`tkazdik, kimdir koronavirus tufayli yaqin insonini yo`qotdi. Hayotingiz va sog`lig`ingizni xavf ostiga qo`ymang, santariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qiling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1