AsosiyJamiyat

Davlat qarziga xizmat ko`rsatish bo`yicha kafolat jamg`armasi tashkil etildi

'Davlat qarziga xizmat ko`rsatish bo`yicha kafolat jamg`armasi tashkil etildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G`aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko`rsatish bo`yicha kafolat jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (573-son, 21.09.2020 y).Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi G`aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko`rsatish bo`yicha kafolat jamg`armasi tashkil etildi.

Jamg`arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.

 Qarorga ko`ra, davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo`yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o`z qarz to`lovlarini vaqtida va to`liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda jamg`arma mablag`lari, jamg`arma mablag`lari etarli bo`lmasa Davlat byudjeti mablag`lari hisobiga qoplanadi.

Qaror bilan, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G`aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko`rsatish bo`yicha kafolat jamg`armasi mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari uchun to`lovlar qarzning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.

Qarzdor tashkilotlardan to`lovlar 30 kalendar kun davomida to`liq qaytarilmagan taqdirda, mazkur to`lanmagan qarzdorlik va unga hisoblangan penyalar hamda qo`llanilgan jarimalar sud tartibida undiriladi.

 Kafolat jamg`armasi mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobi G`aznachilik tomonidan yuritiladi.

 

    Boshqa yangiliklar