Joriy yilning noyabr oyi natijalariga ko`ra GM Uzbekistan Qozog`istonda 895 ta avtomobil sotdi va avtomobil savdosi bo`yicha etakchi o`ntalikning yuqori pog`onasidan joy oldi, deya xabar beradi UT nashri.
O`zbek avtomobillari muvaffaqiyatining siri juda oddiy: milliy valyutaning beqarorligiga qaramasdan, rahbariyatning “Neksiya” va “Gentra”larga narxlarni avvalgi darajada saqlab qolishidir.
GM Uzbekistan kompaniyasida ma`lum qilinishicha, distribyutor dekabrda ham qarorini o`zgartirmadi va 23 dekabr holatiga ko`ra bu oy ham muvaffaqiyatli bo`ldi, deb hisoblanmoqda.