1

Olot tumanida bo`sh turgan yotoqxona sharoiti og`ir oilalarga moslashtirilаdi

Jamiyat 23.09.2020, 20:24
Teglar: Oloy tumani
Olot tumanida bo`sh turgan yotoqxona sharoiti og`ir oilalarga moslashtirilаdi

Hukumat qarori bilan (577-son, 21.09.2020 y.) 2020-2022 yillarda Buxoro viloyatining Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, tumandagi yashash sharoiti og`ir bo`lgan oilalarni uy-joy bilan ta`minlash maqsadida Olot tumani hokimligining bo`sh turgan yotoqxona binosi 60 ta (34 ta – 2 xonali, 26 ta – 1 xonali) xonadonga mo`ljallangan turar joyga moslashtirib rekonstruksiya qilinadi.

Tumanda joriy yilda 1 700 bosh qoramolga mo`ljallangan chorvachilik kompleksi tashkil etiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko`ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirish maqsadida jami 155 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, tumanda sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi sohalarini rivojlantirish bo`yicha 71 ta investisiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 1 342 ta yangi ish o`rinlarining yaratilishi belgilangan. 

 Tumandagi 276 nafar ishsizlar tikuvchilik, qishloq xo`jaligi mashina va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, hunarmandchilik kabi yo`nalishlarda kasb-hunarga o`qitiladi.

 Qaror bilan shuningdek, tumanda kambag`allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1