Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Botir Qurbonov ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollarga javob qaytarildi. Covid-19 engil turi bilan kasallanib tuzalgandan so`ng oila a`zolaridan qancha vaqt davomida izolyasiyada bo`lishi kerak? Kasallanib davolangandan keyin PZR test tahlili manfiy chiqqan taqdirda bemor yuqumli emas, ya`ni infeksiya manbai hisoblanmaydi. Bemor bilan muloqotda bo`lganlarda ham 14 kun karantin davrida kasalllik belgilari aniqlanmasa ular ham uy sharoitidagi karantinidan chiqariladi. |
23.09.2020 20:51
Covid-19 engil turi bilan kasallanib tuzalgandan so`ng oila a`zolaridan qancha vaqt izolyasiyada bo`lishi kerak?
