1

Farg`ona yo`li ko`chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yo`nalishlari harakatiga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi

Jamiyat 23.09.2020, 22:59
Teglar: Farg`ona yo`li
Farg`ona yo`li ko`chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yo`nalishlari harakatiga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi

Farg`ona yo`li ko`chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yo`nalishlari harakatiga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi  axborot xizmati xabar bermoqda

1) Farg`ona yo`li ko`chasining Nukus ko`chasidan Sayhun ko`chasigacha bo`lgan qismi 2020 yil 24 sentyabrdan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopilishi munosabati bilan ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7 ta avtobus yo`nalishlariga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi:

12 va 81-sonli avtobus yo`nalishlarining Qo`yliq bozori tomon harakati Nukus ko`chasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg`ona yo`li ko`chalari orqali o`zgartiriladi;

 26 va 37-sonli avtobus yo`nalishlarining shahar markazidan qaytish yo`nalishidagi harakati T.Shevchenko ko`chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg`ona yo`li ko`chalari orqali o`zgartiriladi;

 68 va 93-sonli avtobus yo`nalishlarining Qo`yliq bozori tomon harakati Istiqbol ko`chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg`ona yo`li ko`chalari orqali o`zgartiriladi;

2). Farg`ona yo`li ko`chasidan Uysozlar ko`chasiga burilish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo`nalishlariga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi:

12 va 68-sonli avtobus yo`nalishlarining shahar markazidan qaytish yo`nalishidagi harakati Farg`ona yo`li, Jarqo`rg`on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko`chalari orqali keyingi harakatlari o`z yo`nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o`zgartiriladi;

3) Yangi Qo`yliq ko`chasidan Farg`ona yo`li ko`chasiga chiqish yopilganligi sababli ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo`nalishlariga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi:

 37 va 55-sonli avtobus yo`nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo`yliq ko`chasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan so`ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko`chalari, Farg`ona bozori ko`prik osti yo`li, Farg`ona yo`li-Jarqo`rg`on ko`chalari chorrahasi, Farg`ona bozori ko`prik yo`li va Farg`ona yo`li ko`chalari orqali keyingi harakatlari o`z yo`nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o`zgartirildi.

Yo`nalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik o`zgartirishlar natijasida, yo`nalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

Ko`cha-yo`l tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga ko`ra, yuqorida keltirilgan yo`nalishlar harakatiga qo`shimcha o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.

 
  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1