AsosiyJamiyat

Toshloq tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

'Toshloq tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan (572-son, 21.09.2020 y.) 2020-2022 yillarda Farg`ona viloyatining Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri kambag`al xonadonlarga subsidiya ajratish asosida engil konstruksiyali issiqxonalar barpo etish va hunarmandchilik yo`nalishida yangi ish o`rinlarini yaratish hisoblanadi.  

 Dasturga ko`ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirish maqsadida jami 1 887 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, tumanda sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo`yicha 108 ta investisiya loyihalarining amalga oshirilishi va bu orqali 2 424 ta yangi ish o`rinlarining yaratilishi belgilangan.  

Bundan tashqari, Dastur doirasida belgilangan yillarda:  

* tumandagi 802 ta xonadonga engil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratiladi;  

* hunarmandchilik yo`nalishida 832 ta loyihani amalga oshirish orqali 1 971 ta yangi ish o`rni yaratiladi.    

Qarorga ko`ra, tumanda 2020 yilda qo`lda gilam to`qiladigan gilamchilik korxonasi faoliyati yo`lga qo`yiladi.

Har bir mahallada dehqonchilik bilan shug`ullanish istagini bildirgan aholi ro`yxati shakllantiriladi.    

Shuningdek, Toshloq tumanidagi Zarkent agrosanoat kolleji binosida tumandagi kooperasiyaga biriktiriladigan kambag`al oila a`zolarining limonchilik sohasidagi bilim va tajribasini oshirish bo`yicha o`quv kurslari tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar