AsosiyJamiyat

Farg`onada “Lasetti" qoidani buzib, jarima "Kobalt"ga belgilandimi?

'Farg`onada “Lasetti" qoidani buzib, jarima "Kobalt"ga belgilandimi?'ning rasmi

23 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Assalomu alaykum. Bugun bizga jarima qog`ozi keldi. E`tibor bersangiz jarimada Kobalt rusumli 40 O 205 NA avtomobili qoida buzganligi aytilgan. Rasmda esa Lasetti rusumli 40 Q 205 NA avtomobili harakatlangani aks etgan. Buni qanday tushunish kerak?” izohi bilan fotosurat aks etgan xabar tarqaldi. Holatga YHXBB xabar bermoqda. 

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videomoslamalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni ro`yxatga olish bazasidan olingan ma`lumotga ko`ra:

-2020 yil 14 sentyabr kuni soat 10:28 da “Pop tumani, A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 252,6-259 kilometr oralig`i aholi yashash punkti Rezaksoy qishlog`i” yo`nalishida, Farg`ona viloyati, Toshloq tumani, Sadda MFY, So`kchilik ko`chasida ro`yxatda turuvchi 1958 yilda tug`ilgan fuqaro A.A.ga tegishli bo`lgan, 40 O 205 NA davlat raqam belgili, Kobalt rusumli avtomashina haydovchisi tezlik 70 km/s chegaralangan joyda 87 km/s harakatlanganligi bo`yicha unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 1283-moddasi 1-qismi bilan qaror qabul qilingan.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videomoslamalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni ro`yxatga olish bazasidagi mazkur qaror qayta o`rganilganda fotosuratda yuqoridagi qoidabuzarlikni 40 Q 205 NA davlat raqam belgili Lasetti rusumli avtomashina xaydovchisi sodir etganligi aniqlangan.

Aniqlangan holat bo`yicha 2020 yil 14 sentyabr kuni fuqaro A.A.ga tegishli 40 O 205 NA davlat raqam belgili, Kobalt rusumli avtomashina haydovchisiga chora ko`rishlik uchun O`zbekiston Respublikasi MJtKning 1283-moddasi 1-qismi bilan qabul qilingan qaror MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan bekor qilinib, 40 Q 205 NA davlat raqam belgili Lasetti rusumli avtomashina xaydovchisiga nisbatan qonuniy chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar