AsosiyJamiyat

DTM mandat qachon e`lon qilinishi bo`yicha bayonot berdi

'DTM mandat qachon e`lon qilinishi bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

Davlat test markazi tomonidan barcha abiturientlarning test sinovida to`plagan natijalari bo`yicha ishlar yakuniga etgan.

Lekin joriy yilda ko`plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So`x tumani uchun ajratilgan qo`shimcha qabul ko`rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta`lim yo`nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta`lim yo`nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20 sentyabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda.

Hozirda barcha oliy ta`lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig`ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

 Mazkur jarayon yakuniga etgach, abiturientlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo`yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar