️2020 yil 24 sentyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 834 (+167) nafarni tashkil etmoqda. bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida hamda 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
- Toshkent shahrida 196 nafar,
- Toshkent viloyatida 106 nafar,
- Namangan viloyatida 60 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
- Farg`ona viloyatida 7 nafar,
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 50 230 (+398) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 158 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






