AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 215 nafar bemor aholi orasidan aniqlandi

'O`zbekistonda yana 215 nafar bemor aholi orasidan aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 25 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 181 (+215) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafardan Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida, 8 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.  

Ayni paytda yurtimizda 50 441 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 292 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar