1

Samarqand viloyati «Dinamo» JTSJKning jamoalari o`rtasida «Qo`l jangi» musobaqa g`olibi aniqlandi

Jamiyat 25.09.2020, 11:04
Samarqand viloyati «Dinamo» JTSJKning jamoalari o`rtasida  «Qo`l jangi» musobaqa g`olibi aniqlandi

22-23 sentyabr kunlari Samarqand viloyati «Dinamo» JTSJKning jamoalari (Markaziy harbiy okrug, Milily gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi, Milliy gvardiya qo`riqlash boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi) o`rtasida o`tkazilgan «Qo`l jangi» musobaqasida viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida fahrli birinchi o`rinni qo`lga kiritishdi. Bu haqda Samarqand IIB xabar bermoqda. 

Deyarli barcha vazn toifasida IIB xodimlariga teng raqib topilmadi.

Fahrli 1-o`rinni:

65 kg vaznda kichik serjant J.Juraev,

70 kg vaznda kichik serjant B.Amanov

75 kg vaznda kichik serjant K.Kamolov

80 kg vaznda leytenant A.Jaxonov

90 kg vaznda kichik serjant M.Xamidov

+90 kg vaznda serjant B.Axmadov

Fahrli 2-o`rinni:

65 kg vaznda kichik serjant Sh.Axmatov

70 kg vaznda kichik serjant J.Istamov

80 kg vaznda kichik serjant N.Dilmurodov

85 kg vaznda kichik serjant F.Ruziev

Fahrli 3-o`rinni:

85 kg vaznda kichik serjant G`.Dustyorov

90 kg vaznda kichik serjant Sh.Komilov

+90 kg vaznda kichik serjant F.Asatov

Viloyat IIB jamoasi murabbiyi katta serjant Yo.Nasimov.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi musobaqada ichki ishlar sharafini himoya qilgan barcha xodimlarni g`alaba bilan samimiy qutlaydi!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1