1

Homilador ayollar va chaqaloqlarni grippga qarshi emlash mumkinmi?

Salomatlik 25.09.2020, 12:41
Homilador ayollar va chaqaloqlarni grippga qarshi emlash mumkinmi?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi.

Brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq savollarga javob qaytarildi.

❓Chaqaloqlarga grippga qarshi vaksinasiya qilish mumkinmi?

–6 oylikdan kichik bolalarga grippga qarshi vaksina qo`llanilmaydi.

Ammo ushbu yoshdagi bolalarda boshqa yoshdagi bolalarga nisbatan gripp asoratlari xavfi yuqori hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarni ximoyalashning eng samarali usuli bu bolaning oila a`zolarini kasallikka qarshi emlash hisoblanadi.  

❓Homiladorlik davrida ham grippga qarshi emlash mumkinmi? Agar homiladorlikdan avval grippga qarshi emlangan bo`lsa, homilada qanday o`zgarishlar kuzatilishi mumkin?

–Homila rivojlanishidagi o`zgarishlar grippga qarshi emlash bilan bog`liq emas, aksincha bu gripp kasalligi bilan bog`liq bo`ladi.  

Faollashtirilmagan vaksinalar bilan grippga qarshi emlash homiladorlikni rejalashtirish jarayonida, bundan tashqari xomiladorlikning ma`lum muddatlarida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu muddatni shifokor akusher-ginekolog belgilaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1