1

Dam olish kunlari qalinroq kiyining. Havo sovishi kutilmoqda

Jamiyat 25.09.2020, 13:55
Dam olish kunlari qalinroq kiyining. Havo sovishi kutilmoqda

Bugun, 25 sentyabr kuni O`zbekistonda ob-havo ochiq va iliq bo`ladi, harorat shu kunning iqlimiy me`yoriga yaqin 22 −27 daraja atrofida bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

26-27 sentyabrda mamlakat shimoliga Qozoqiston orqali Shimoliy Ural ustida shakllangan sovuq antisiklon tarmog`i kira boshlaydi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyati va cho`l zonasida harorat 5-7 darajaga pasayishi kutilmoqda, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qolgan hududlarda harorat kam pasayadi. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, shimoliy tumanlarda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat shu kun me`yorlaridan 3-4 darajaga pastdir.

Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antisiklon ta`sirida bo`ladi. Bu kunlarda O`zbekiston bo`yicha bulutlilik ortadi, mamlakatning tekislik hududida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat tog`oldi va tog`li hududlarda ayrim joylarga yomg`ir yog`ishi mumkin.

29-30 sentyabrda baland tog`li tumanlarda yomg`irning qorga o`tish ehtimoli ham bor. Sovuq front o`tishi natijasida 28 sentyabrda butun respublika hududida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asta pasayadi va shu kunlarda kechasi 5-10 daraja, shimolda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi. Uraldan sovuq havo kirib turishi natijasida respublika bo`yicha harorat foni o`rtacha iqlimiy me`yorlardan 5-7 darajaga past bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1