“O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag`larning samaradorligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori (583-son, 24.09.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 avgustdan:
Vrachlar, boshqaruv va o`rta tibbiyot xodimlar, provizor-farmasevt xodimlar, dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga to`lanadigan maxsus rag`batlantirish to`lovlari kunlik tarzda ishlash sharoitiga o`tkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun 8 soatdan kam bo`lmagan ish yuklamasini inobatga olgan holda 1 oyda bir marotaba to`lanadi;
- maxsus rag`batlantirish to`lovlari to`lanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo`shimcha to`lov amalga oshirilmaydi;
- xodimlarga pul mablag`lari bank kartalariga o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
- Qaror bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo`shimcha to`lov amalga oshiriladigan lavozimlar ro`yxati va 6 foizlik kunlik qo`shimcha to`lov o`rniga har oylik moddiy rag`batlantirish to`lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar ro`yxati tasdiqlandi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar to`g`risidagi ma`lumotlar, bemorlarni qabul qilish va chiqish qaydnomasi, tovar-moddiy boyliklar harakatining shaffofligini ta`minlash maqsadida “Vemor.ssv.uz” elektron nazorat dasturi ishga tushiriladi.
Shuningdek, qaror bilan maxsus rag`batlantirish to`lovlarini to`lash tartibi bo`yicha nizom tasdiqlandi.






