1

OTMga kirish test sinovlari yakunlari e`lon qilindi

Jamiyat 25.09.2020, 16:48
OTMga kirish test sinovlari yakunlari e`lon qilindi

Davlat test markazi tomonidan 2020-2021-o`quv yili uchun o`tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr kuni soat 15:00 da e`lon qilindi .

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirdi.

Bunda 1 o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi.

2020-yil 2-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

* davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

* to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

* davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

* to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020-yil 26-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 2020-yil 28-sentabrdan boshlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1