1

O`zbekistonda koronavirus bilan yana 211 kishi zararlandi. Bitta o`lim holati qayd etildi

Jamiyat 25.09.2020, 17:06
O`zbekistonda koronavirus bilan yana 211 kishi zararlandi. Bitta o`lim holati qayd etildi

2020 yil 25 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 392 (+211) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 200 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 Bugun ayni paytga qadar:  

📌Toshkent shahrida 271 nafar,  

📌Toshkent viloyatida 81 nafar,  

📌Qashqadaryo viloyatida 35 nafar,  

📌Surxondaryo viloyatida 19 nafar,  

📌Andijon viloyatida 12 nafar,  

📌Navoiy viloyatida 10 nafar,  

📌Samarqand viloyatida 6 nafar  

📌Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 50 879 (+438) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 064 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1