Lola o`zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida tez kunlarda audio ertak yozilgan disk taqdim etishi haqida xabar qoldirdi.
“Farzandingiz aqlli, mehribon, sahiy, rahmdil bo`lib ulg`ayishini istasangiz unga ko`proq ertaklar o`qib bering... Azizlarim, siz bilan sehrli yangilikni bo`lishishga shoshilaman, Yangi yil arafasida bolajonlarga o`zimning ilk “12 oy” (“12 mesyasev”) audio kitobimni taqdim etaman”, deb yozadi Lola.
Mazkur audio kitob ikki tilda yozilgan va uning taqdimoti 27 dekabr kuni bo`lib o`tadi, deyiladi xabarda.
“Mazkur kitobni yaratishda yordam bergan Discovery do`konlar tarmog`iga, Sound Mastering uchun Sarvarga @sarvar_benom. Musiqiy sayqal uchun Ubaydulla Karimovga minatdorchilik bildiraman. Ovoz yozishda sabr uchun alohida minatdorchiligimni Aleksandr Xvan va Doniyor Abdullaxonovga izhor etaman”, deydi ijodkor.





