Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to`g`risida" 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori (582-son, 24.09.2020 y.) qabul qilindi. Qaror bilan O`zbekistonda ro`yxatdan o`tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo`llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro`yxatiga COVID–19 ga antitana va antigenga ekspress testlar ham qo`shildi. Shuningdek, O`zbekistonda ro`yxatdan o`tkazmasdan, majburiy sertifikasiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro`yxatiga quyidagi dori vositalari qo`shildi: gripp vaksinasi (O`RVI); koronavirus vaksinasi (COVID-19); pnevmokokk vaksinasii; bariya sulfat; pankuroniya bromid/pipekuroniya bromid/atrakuriya besilat; sefepim-tazobaktam; nitrogliserin. 2021 yil 1 martga qadar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo`llaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar) import qilinganda qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi. Shuningdek, tibbiy buyumlarini, dori vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalarini O`zbekistonda ro`yxatdan o`tkazmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizasiya qilish muddati 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 martga qadar uzaytirildi. |
25.09.2020 21:58
COVID–19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi
