26 sentyabr kuni soat taxminan 16:00larda Toshkent-O`sh avtoyo`lining 277 kilometrida "Mercedes - Benz Sprinter" rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomobil haydovchisi Toshkent shahriga harakatlanib kelayotib, salonda yong`in hidini seza boshlagan, ko`p o`tmay mashina yongan. Haydovchi mashinadan tushishga ulgurgan, shundan so`ng yong`in kattalashgan.
Voqea joyiga Namangan viloyati Pop tumani FVV bo`limi ekipaji va "Qamchiq" yong`in-qutqaruv boshqarmasining maxsus o`t o`chiruvchilari etib kelgan va olovni bartaraf etgan.
Aniqlanishicha, yong`inga avtomobilning motor qismidagi qisqa tutashuv sabab bo`lgan.