2020 yil 27 sentyabr soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55132 (+179) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 97 nafari Toshkent shahrida,
- 27 nafari Namangan viloyatida,
- 17 nafari Samarqand viloyatida,
- 12 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 12 nafari Farg`ona viloyatida,
- 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 51458 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3218 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 719 nafari og`ir, 294 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.