Germaniyaning Bosch kompaniyasi koronavirusni aniqlovchi yangi test tizimini yaratdi. Natijani 39 daqiqada ma`lum qiladigan, PZRga asoslangan texnologiya dunyodagi eng tezkor test deb atalmoqda, deb xabar bermoqda daryo.uz «RIA Novosti» tayanib.
«Bosch o`zining Vivalytic tahliliy qurilmasi uchun SARS-CoV-2 qo`zg`atuvchisini aniqlaydigan yangi ekspress-testni yaratdi. Shu orqali test natijasi 39 daqiqada tayyor bo`ladi — bu PZR asosida ishlaydigan hozirda dunyodagi eng tezkor test tizimi hisoblanadi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Kompaniyadagilarning hisoblashicha, ularning mahsuloti tezkor natijalar kerak bo`ladigan aeroportlardagi mobil testdan o`tkazish joylarida qo`l keladi. Ta`kidlanishicha, hozirda ushbu testdan Evropadagilar bemalol foydalana oladi. Yangi tizim mamlakatning Ilm-fan va ta`lim vazirligi yordamida yaratilgan. Test SARS-CoV-2 infeksiyasiga chalinganlarni 98 foiz aniqlikda, sog`lomlarni esa 100 foiz aniqlikda topadi.






