AsosiyJamiyat

Toshkentda yoshlar hamda xotin-qizlar "temir daftari"ga kiritilganlar uchun ish yarmarkasi tashkil etildi

'Toshkentda yoshlar  hamda xotin-qizlar "temir daftari"ga kiritilganlar uchun ish yarmarkasi tashkil etildi'ning rasmi

Joriy yilning 24 sentyabr sanasida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida ishsiz va band bo`lmagan fuqarolarni ish bilan ta`minlash, kasbga o`qitish va malakasini oshirish maqsadida bo`sh ish o`rinlari (mehnat) yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka tuman hokimligi, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, tuman Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi, sektor rahbarlari, Aholi bandligiga ko`maklashish markazi, hamda tuman Yoshlar agentligi bilan hamkorligida o`tkazildi. 

Toshkent shahar bandlik bo`limining bergan ma`lumotiga ko`ra, mazkur yarmarkada 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar o`zlarining 1000 dan ortiq bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok etishdi. Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida tumandagi yoshlar  hamda xotin-qizlar temir daftariga kiritilgan 300 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. 40 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun korxona va tashkilotlarga yo`llanmalar berildi. 10 nafar fuqarolarga kasbga o`qitish va malakasini oshirish bo`yicha yo`llanmalar berildi. 200 dan ortiq fuqarolarga turli yo`nalishlarda maslahatlar berildi.

    Boshqa yangiliklar