Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, 28 sentyabrdan Toshkent shahrida 189 ta umumta`lim maktabi an`anaviy tarzda faoliyat ko`rsatadi.
Tegishli qarorlar bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta`lim muassasalarida ta`lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020 yil 14 sentyabrdan boshlab 160 ta ta`lim muassasalari o`z faoliyatini boshlagan edi.
Joriy yilning 28 sentyabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 291, 293-sonli maktablar, Mirzo Ulug`bek tumanidagi 71a, 205, 211, 286-sonli maktablar, Mirzo Ulug`bek tumanidagi 101, 105-sonli maktab-internatlari, Chilonzor tumanidagi 79, 103, 114, 162, 163, 179, 183, 188, 281-sonli maktablar, Shayxontohur tumanidagi 13, 20, 34, 102-sonli maktablar, Yakkasaroy tumanidagi 100, 127, 160-sonli maktablar, Yashnabod tumanidagi 156, 170, 216, 230, 231-sonli maktablar ham o`z faoliyatini yo`lga qo`yadi.
2020 yil 28 sentyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta`lim muassasalaridan quyidagi 187 tasi an`anaviy tarzda faoliyat ko`rsatadi:
1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 292, 293-sonli maktab.
2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
3. Mirzo Ulug`bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 71a, 112, 121, 142, 187, 205, 207, 208, 209, 210, 211, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 286, 308-sonli maktablar, 101-105-sonli maktab-internatlar hamda FFIDUM, PMTID UM, MAFIDUM.
4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
7. Chilonzor tumanidagi 66, 79, 90, 103, 114, 162, 163, 168, 179, 183, 184, 188, 195a, 200, 202, 217, 280, 281-sonli maktablar.
8. Shayxontohur tumanidagi 10, 13, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 102, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 100, 118, 127, 144, 160, 172, 321-sonli maktablar.
11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 156, 161, 166, 170, 212, 216, 227, 230, 231, 244-sonli maktablar.
Toshkent shahridagi boshqa umumiy o`rta ta`lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o`z faoliyatini an`anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya`ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg`ulotlarini amalga oshiradi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas`uliyat bilan yondoshishlarini, an`anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat`iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so`rab qolamiz.






