Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni kasbga o`qitish va ularning bandligini ta`minlash maqsadida shahar va tumun bo`limlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.
Ushbu yig`ilishda "Yoshlar daftari"ni to`liq shakllantirish, ishsiz yoshlar bandligini ta`minlash va ularni kasb-xunarga o`qitish bo`yicha vazifalar belgilab olindi. Mehnat organlari, agentlik va yoshlar ittifoqi har bir mahallaga o`z xodimlarini biriktirish va uyma uy yurib xaqqoniy ma`lumotlarni shakllantirish to`g`risida ishlar taqsimlab olindi.






