AsosiyJamiyat

"Namangan city" qurilishi loyihasi bekor qilindi

'"Namangan city" qurilishi loyihasi bekor qilindi'ning rasmi

Bugun - 2020 yil 27 sentyabr, yakshanba kuni aholi bilan o`tkazilgan muloqotda Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov Namangan shahridagi Furqat va Guliston mahallalari o`rnida qurilishi rejalashtirilgan yangi shahar qarori - "Namangan city" loyihasi bekor qilinganini ma`lum qildi

Bu qaror ayniqsa, mingdan ziyod xonadonlari buzilmaydigan gulistonliklar tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi. 

Avvalgi loyiha o`rnida hudud mahallalarini obod qilish, asfalt yotqizish ishlarini olib borish singari yangi loyihalar taqdim etildi. 

Yangi shahar qurilishi, ya`ni "Smart city" - "Aqlli shahar" loyihasi Namangan shahriga tumanlardan qo`shib berilgan 3686 gektar erlarda barpo etiladi.

    Boshqa yangiliklar