Sog`liqni saqlash vazirligi ayni soatdagi statitistikani ma`lum qildi. 2020 yil 27 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 320 (+188) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
📌Toshkent shahrida 219 nafar,
📌Toshkent viloyatida 92 nafar,
📌Andijon viloyatida 14 nafar,
📌Samarqand viloyatida 13 nafar,
📌Farg`ona viloyatida 12 nafar,
📌Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar,
📌Surxondaryo viloyatida 8 nafar,
📌Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 51 829 (+371) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 3033 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.






