AsosiyJamiyat

Samaradan 940 nafar o`zbekistonlik chiqqan poezd yurtga qaytmoqda

'Samaradan 940 nafar o`zbekistonlik chiqqan poezd yurtga qaytmoqda'ning rasmi

Kecha, 27 sentyabr kuni Samara viloyatidan 940 dan ortiq O`zbekiston fuqarolari poezdda uylariga jo`natildi. Bu haqda TASS  axborot agentligi xabariga tayanib, Qalampir ma`lum qildi.

"Bugun Samara viloyatidan O`zbekistonning 943 fuqarosi poezdda jo`nab ketdi", deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Avvalroq, O`zbekistondan kelgan muhojirlar Samara viloyatida vaqtincha yashash joyida to`planib qolgani, ularning barchasi o`z vataniga qaytish uchun mintaqaga kelgani, ammo yopiq chegaralar tufayli qolib ketgani xabar qilingani edi. Birgina sentyabr oyida 6 mingga yaqin O`zbekiston fuqarosi poezdlar va samolyotlar orqali mintaqadan olib chiqib ketilgan. 

Viloyat hukumati ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari shu yilning may oyi boshlarida Rossiyaning barcha hududlaridan Samara viloyatiga kela boshlagan. Ular uchun avval bolshechernigovskiy okrugida, endi Kinelskiy tumanida chodirlar lageri tashkil etilgan. Ta`kidlanishicha, bu erda ham chet el fuqarolari, ham mahalliy aholi xavfsizligi ta`minlangan. 

Ma`lumot uchun, 21 sentyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk va Samara viloyatlaridan 2 mingga yaqin O`zbekiston fuarosi maxsus poezd reysida ortga qaytarildi. Shuningdek, joriy yilning 23 sentbyar kuni Rossiya Federasiyasining Qozog`iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to`planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi. 

Bugun, 27 sentyabr kuni ushbu avtobuslar orqali yo`lga chiqqan fuqarolar Vatanga qaytadi. 

    Boshqa yangiliklar