2020 yil 24 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O`zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag`larning samaradorligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” qarori e`lon qilindi.
Mazkur qarorga ko`ra, hodimlarga ish hajmidan kelib chiqib, kunbay ishlash sharoitida har 30 kunlik davr uchun ish yuklamasini inobatga olgan holda har oylik ish faoliyati yakuni bo`yicha quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus to`lov belgilandi:
🔹vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so`m;
🔹boshqaruv va o`rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so`m;
🔹provizor-farmasevt xodimlarga – 10 million so`m;
🔹dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlariga – 8 million so`m;
🔹boshqa xodimlarga – 5 million so`m.
Shuningdek, anesteziolog-reanimatolog vrachlarga ham maxsus qo`shimcha rag`batlantirish to`lovlari hisob-kitob qilinadi va to`lab beriladi.
Stasionar tibbiyot muassasalari hamda laboratoriyalarga jalb kilingan xodimlarga maxsus to`lovlar:
xodim joriy yilning 20 avgust kunigacha faoliyat yuritgan bo`lsa, uning 14 kunlik faoliyati yakuni bo`yicha hisob-kitob kilingan bo`lishi kerak. Bunda, 14 kunlik faoliyati yakuniga kadar amalda bo`lgan shartlar saqlab kolinadi.
xodim joriy yilning 20 avgust kunidan keyin jalb qilingan bo`lsa, 30 kunlik davr uchun har oy yakuni bo`yicha hisob-kitob kilinadi.
Bundan tashqari, mazkur qaror qabul qilingan sana, ya`ni 2020 yilning 24 sentyabriga qadar maxsus to`lovlar amalga oshirilishida vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga - 25 million so`m, o`rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million so`m, kichik tibbiyot xodimlariga 10 million so`m va boshqa hodimlarga 5 million so`m amalda bo`lgan miqdorlari saqlab qolinadi.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashtirilgan stasionar davolash muassasalari raxbarlari va bevosita davolash ishlari bilan shug`ullanuvchi uning o`rinbosarlariga vrachlar uchun belgilangan maxsus to`lov, ya`ni 25 million so`m miqdoridagi to`lov tatbiq etiladi.






