AsosiyJamiyat

Nega bugungi kunda jamoat joylarida niqob taqish juda muhim. U haqiqatdan himoya qiladi(mi)?

'Nega bugungi kunda jamoat joylarida niqob taqish juda muhim. U haqiqatdan himoya qiladi(mi)?'ning rasmi

Tibbiyot fanlari doktori, Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar markaziy instituti bo`lim boshlig`i Tatyana Rujensova tibbiy niqoblar to`g`risidagi eng muhim savollarga javob berdi:

 Nega jamoat joylarida niqob taqish juda muhim. U virusdan himoya qiladi(mi)?  Virus tibbiy niqob teshikchalaridan o`tib ketishi ham mumkinmi?

–Tadqiqotlarga ko`ra, niqob taqqanda kasallik yuqtirish ehtimoli 1,8 barobar kamayadi.

Bilamizki, virus nafas orqali, ayniqsa, yo`talish, gaplashish chog`ida ajralib chiqadi va bu zarrachalarni niqob yaxshi ushlab qoladi.

Niqob orqali nafas olish qiyin va zararli. Qanday yo`l tutish kerak?

–Niqob orqali nafas olish qiyin emas. Agar biror turdagi niqob noqulaylik tug`dirsa, boshqa materialdan tayyorlangan niqob va respiratorlardan foydalanib ko`rish kerak.

Ba`zi insonlar muayyan materialga ta`sirchan bo`lishi mumkin. Oddiy uch qavatli bir martalik niqob, ko`p martalik, hujjat va sertifikatga ega niqob yoki respiratorlardan birini tanlash lozim.  

Niqoblar turi orasida respiratorlar klapanli va klapansiz bo`lishi mumkin. Agar biz klapanli respiratordan foydalansak, nafas chiqarish jarayoni to`siqsiz amalga oshadi va nafas uchun engillik hosil bo`ladi.  

Ammo bunda bemordan infeksiya tarqalishida ham to`siq bo`lmasligini unutmaslik lozim.  

Shuning uchun agar inson kasallikka chalingan yoki tashuvchi bo`lsa, klapanli respiratordan foydalanmasligi zarur.  

Respiratorning yuz qismida qulay joylashishi, tirqishlar qolmasligiga e`tibor bering.

    Boshqa yangiliklar