1

200ga yaqin yangi bemor, o`lim va tuzilish ko`rsatikichi: SSV koronavirus bo`yicha bir tunlik statistikani e`lon qildi

Jamiyat 28.09.2020, 10:07
200ga yaqin yangi bemor, o`lim va tuzilish ko`rsatikichi: SSV koronavirus bo`yicha bir tunlik statistikani e`lon qildi

2020 yil 28 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 593 (+192) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qilmoqda SSV. 

Yangi kasallanish holatlarining:  

147 nafari Toshkent shahrida,  

35 nafari Namangan viloyatida,  

9 nafari Qashqadaryo viloyatida,  

1 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.  

Ayni paytda yurtimizda 51 965 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 168 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1