1

Talaba bo`lgan abiturientlar OTMga taqdim etishi kerak bo`lgan hujjatlar ro`yxati e`lon qilindi

Jamiyat 28.09.2020, 11:01
Talaba bo`lgan abiturientlar OTMga taqdim etishi kerak bo`lgan hujjatlar ro`yxati e`lon qilindi

 O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo`lgan hujjatlar ro`yxati:

1.  Rektor nomiga ariza;

2.  Pasport nusxasi (asli ko`rsatilgan holda);

3.  Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

4.  Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo`lsa)

5.  3,5x4,5 foto 12 ta;

6.  Hujjatlar yig`ma jildi (papka skorosshivatel);

7.  Konvert A5 formatida;

8.  Talabalar turar joyi (sharoiti og`ir va kam ta`minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo`lsa)

9.  Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo`lsa).

 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo`lsangiz, o`sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so`raladi.  

Iloji bo`lsa, talabasi bo`lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!  

️ Eslatma: Karantin sharoitini inobatga olgan holda an`anaviy o`qish boshlanishidan oldin OTM ushbu hujjatlarni talab qilishi mumkin emas .

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1