1

O`zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan ikki mamlakatdan biri bo`ldi

Jamiyat 28.09.2020, 11:42
O`zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan ikki mamlakatdan biri bo`ldi

28-29 sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bag`ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo`lib o`tadi. Unda YuNESKO bosh direktori Odri Azule, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, YuNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.

Tadbir Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, «Twitter» ijtimoiy tarmog`i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, «Transparency International» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi etakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o`tkazilmoqda. Shu o`rinda O`zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan ikki mamlakatdan biri ekanini ta`kidlash muhim. Bu O`zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni ta`minlash yo`lida olib borilayotgan siyosat natijasida  mamlakatimizda ro`y bergan o`zgarishlar e`tirofdir. Tadbir mavzusi: “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bag`ishlab axborot olish”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1