1

Samarqandda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimiga pora bergan vaqtida ushlandi

Jamiyat 28.09.2020, 11:59
Samarqandda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimiga pora bergan vaqtida ushlandi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 6-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Samarqand-Toshkent” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan “Kaptiva” rusumli transport vositasini to`xtatib tekshirgan vaqtida, Toshkent shahrida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan, haydovchi M.M. avtomobilni ishonchnomasiz boshqarib kelayotganligini aniqlagan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda. 

Haydovchi M.M.ga nisbatan belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Ushbu vaqtda haydovchi YPX inspektoriga avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga pora tariqasida 2.000.000 (ikki million) so`m miqdoridagi pullarni taklif qilgan.

YPX inspektori ushbu holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig`i nomiga murojaat qilgan. 

Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofoza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, haydovchi M.M. avtoturargoh qorovulxonasida YPX inspektoriga 2.000.000 (ikki million) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1