1

Dunyoda 100 millionga yaqin aholi pandemiya oqibatida o`ta qashshoqlashib qolishi mumkin

Dunyo 28.09.2020, 12:45
Dunyoda 100 millionga yaqin aholi pandemiya oqibatida o`ta qashshoqlashib qolishi mumkin

Kambag`allikni qisqartirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga bag`ishlangan Xitoy hukumati tomonidan BMT kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan yuqori darajadagi xalqaro videokonferensiya bo`lib o`tdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi xabar berdi.

O`zbekiston delegasiyasi nutqida kambag`allikni qisqartirish sohasida global hamkorlikni kuchaytirish zarurligi, shuningdek, ushbu mamlakatning qashshoqlikka qarshi kurashish bo`yicha Xitoyning muvaffaqiyatli tajribasini rolini ta`kidlab o`tdi.

XXR tashqi ishlar vaziri va BMT vakillari global pandemiya natijasida 70-100 millionga yaqin dunyo aholisi o`ta qashshoqlik darajasiga tushib qolishi bo`yicha tahdidlar mavjud ekanligini ta`kidladi. Shu munosabat bilan ular kambag`allikni qisqartirish, moliyaviy va texnik yordam rolini kuchaytirish yuzasidan strategik sheriklik muhimligi hamda pandemiya sharoitida yanada zarur omilga aylangani qayd etdilar.

O`zbekiston tomonidan quyidagilar taklif qilindi:

 kambag`allikni qisqartirish sohasida Xitoy va O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish;

XXRning kambag`allikni qisqartirish boyicha tajribasini o`rganish maqsadida, vazirliklar va idoralar xodimlari uchun xizmat safarlarini tashkil etish;

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligiga Xitoydan maslahatchi-ekspert jalb qilish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1