AsosiySalomatlik

28- sentyabr. Yurtimizda 501 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi

'28- sentyabr. Yurtimizda 501 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi'ning rasmi

2020 yil 28 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 878 (+102) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 

86 nafari Toshkent viloyatida, 

16 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

 E`tiborli jihati, bugun:

Toshkent shahrida 303 nafar, 

Toshkent viloyatida 98 nafar, 

Namangan viloyatida 54 nafar, 

Buxoro viloyatida 18 nafar, 

Andijon viloyatida 13 nafar, 

Samarqand viloyatida 9 nafar,

Surxondaryo viloyatida 6 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 52 466 (+501) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 951 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Boshqa yangiliklar