AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir tunda yana 190 bemor va ikki o`lim qayd etildi. Koronavirus bo`yicha yangi statistika

'O`zbekistonda bir tunda yana 190 bemor va ikki o`lim qayd etildi. Koronavirus bo`yicha yangi statistika'ning rasmi

2020 yil 29 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 068 (+190) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 120 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Farg`ona viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.  

Ayni paytda yurtimizda 52 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 139 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar