AsosiyJamiyat

Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

'Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi'ning rasmi

“Byurokratik to`siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–638, 28.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi.

 Qonun bilan, “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi Qonunga (https://lex.uz/docs/12328) kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi funksiya va vakolatlari bekor qilindi:

* faoliyati suvlarning va suv ob`ektlarining holatiga ta`sir etuvchi korxonalarning texnologiya, o`rmon-meliorasiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini o`tkazishlari uchun kelishish lozimligi;

*korxonalar va tashkilotlarga quyidagi masalalarda yozma ko`rsatmalar berish:

• suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;

• sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;

• erlarning botqoqlanishi va sho`rlanishining;

• tuproq eroziyasining, jarlar, o`pirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar etkazadigan boshqa zararli ta`sirning oldini olish hamda uni bartaraf etish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish.

* aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun mo`ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish to`g`risida qaror qabul qilish.

Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi vakolatlari chiqarildi:

👉 Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirish bilan hokimlarning ma`muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilish va ma`muriy javobgarlikka sabab bo`ladigan ayrim qoidalarni belgilash vakolati;

👉 “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunga  kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, hokimlarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo`l qo`yiladigan normativlarini buzish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatni cheklash, to`xtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish vakolati;

👉 “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, yovvoyi holda o`suvchi o`simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish vakolati;

👉  “O`rmon to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, o`rmonlarning holatiga zarar etkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, to`xtatib turish va tugatish bo`yicha qaror qabul qilish vakolati.

 

▫️ Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar