AsosiyJamiyat

1-oktyabrdagi Toshkent-Nukus-Toshkent qatnovlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi

'1-oktyabrdagi  Toshkent-Nukus-Toshkent qatnovlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda. 
"2020-yil 1-oktyabrdagi HY017/018 Toshkent-Nukus-Toshkent qatnovlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilgani
haqida ma`lum qilamiz.

Qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkent-Nukus HY 017 qatnovi uchish 08:00da, etib borish 09:40da. (14:40dagi rejalashtirilgan uchish vaqti o`rniga).
  • Nukus-Toshkent HY 018 qatnovi uchish 11:40da, etib borish 13:00da ( 18:20dagi rejalashtirilgan uchish vaqti o`rniga).

Yuqorida ko`rsatilgan qatnovlarga aviachiptalari bo`lgan yo`lovchilarni ro`yxatdan o`tish uchun aeroportga qatnovlarning o`zgartirilgan jadvalida ko`rsatilgan vaqt bo`yicha kelishlarini so`raymiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz." deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar