Ozarbayjon va Armaniston o`rtasida nizolarga sabab bo`lib kelayotgan Tog`li Qorabog`da yangi harbiy mojarolar yuzasidan munosabatlar. Bu haqida Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlili kanali yozmoqda.
Xalqaro tashkilotlar
- BMT: muzokaralarga qaytishga chaqiradi;
- Evropa Ittifoqi (EI): tomonlarni yangidan muzokaralar o`tkazishga undaydi;
- Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT): masalani yolg`iz tinch yo`l bilan hal qilish mumkinligini aytadi;
- NATO: harbiy amaliyotlarni darhol to`xtatishga chaqiradi;
Jahonning qudratli mamlakatlari
- AQSh: tashqi aralashuvlar ta`sirini qoraladi va ikkala tomonni ham iloji boricha tezroq muzokaralar boshlashga chaqiradi;
- Xitoy: vaziyatdan xavotirda. U tomonlarni vazminlikka chaqiradi;
- Germaniya: tomonlarni zudlik bilan jangni to`xtatishga chorlaydi;
- Fransiya: mojarolarni muzokara yo`li bilan hal qilishga chaqiradi;
Qo`shnilar
Rossiya: tomonlarni tinch muzokaralarga chaqiradi;
- Vladimir Putin: mintaqadagi barqarorlikdan manfaatdor. Uning so`zlariga ko`ra, u boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmagan;
- Turkiya: bor kuchi bilan Ozarbayjon tarafida bo`ladi;
- Eron: tomonlarni tiyilishga va qayta muzokaralarga chaqiradi;
- Gruziya: tomonlarni muzokaraga chorlaydi;
- Mixail Saakashvili (Gruziyaning sobiq prezidenti): so`zsiz Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini dastaklaydi;
Markaziy Osiyo
- O`zbekiston: tomonlarni harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqiradi;
- Afg`oniston: Ozarbayjon tarafida ekanligini ma`lum qiladi;
- Qozog`iston: tomonlarni tinch muzokaralarga chaqiradi. Qozog`iston TIV, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida mojaroni hal qilishning tinch yo`llarini izlashda yordam berishga tayyorligini ta`kidladi;
- Tojikiston: tomonlarni harbiy harakatlarni to`xtatishga chorlaydi;
- Turkmaniston va Qirg`iziston hozircha rasmiy bayonot bergani yo`q.






