1

Jizzaxda ruxsatsiz otasinikiga borgan o`qituvchi ayol eri tomonidan kaltaklandi. Endi er javob beradi

Jamiyat 29.09.2020, 20:10
Jizzaxda ruxsatsiz otasinikiga borgan o`qituvchi ayol eri tomonidan kaltaklandi. Endi er javob beradi

Mirzacho`l tuman tibbiyot birlashmasiga turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklangan o`qituvchi ayol murojaat qildi, deya xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB.

Ma`lum bo`lishicha, tumanning Mirzadala shaharcha fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug`ilgan M.D.ning jahlini ayolining ruxsatsiz ota-onasining uyiga borishi chiqargan. Shundan so`ng er xotinini urgan.

Xabarga ko`ra, endi er zo`ravonlik uchun javob berishiga to`g`ri  keladi.

Mirzacho`l tumani ichki ishlari bo`limi holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1