AsosiyJamiyat

Ayni soatda 102 nafar ijobiy holat va 1 qurbon qayd etildi, 3000`ga yaqin bemorning ahvoli og`ir

'Ayni soatda 102 nafar ijobiy holat va 1 qurbon qayd etildi, 3000`ga yaqin bemorning ahvoli og`ir'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 29 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 354 (+102) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizda 52 970 (+504) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan. Shulardan:

Toshkent shahrida 332 nafar,  

Toshkent viloyatida 106 nafar,  

Namangan viloyatida 27 nafar,  

Andijon viloyatida 12 nafar,  

Samarqand viloyatida 10 nafar,  

Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,  

Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,  

Farg`ona viloyatida 1 nafar bemorga sog`aygani uchun uyga jaovb berilgan.  

Xabarda aytilishicha, hozirda mamlakatimizda 2 918 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar