1

Endi O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo`yicha imtihondan o`tiladi

Jamiyat 30.09.2020, 09:11
Endi O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo`yicha imtihondan o`tiladi

Hukumat qarori bilan (592-son, 28.09.2020 y.) O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.  

Nizomga muvofiq, O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash Davlat tilida ish yuritish asoslarini o`qitish va malaka oshirish markazi (Markaz) hamda uning hududiy bo`linmalari tomonidan to`lov asosida amalga oshiriladi.

 Davlat tili bo`yicha imtihon talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turar joyi bo`yicha Markaz yoki uning hududiy bo`linmalarida o`tkaziladi.

 Buning uchun talabgor sinov imtihonida qatnashish uchun ariza bilan Markaz yoki uning hududiy bo`linmalariga shaxsan o`zi yoxud elektron shaklda murojaat etadi.

Shunga ko`ra, sinov imtihoni hujjatlar taqdim etilganidan so`ng 1 oy muddatda test, yozma yoki og`zaki shakllarda o`tkaziladi.

 Sinov imtihoni yakunlari bo`yicha eng yuqori ballning 50 foizi (50 ball)dan kam ball olgan talabgorlar sinov imtihonidan o`tmagan hisoblanadi hamda sinov imtihoni o`tkazilgan kundan boshlab kamida 1 oydan keyin qayta qatnashish uchun ariza bilan murojaat qiladi (qayta to`lovni amalga oshirgan holda).

Sinov imtihonlari natijalari 3 kun muddatda e`lon qilinadi.

Sinov imtihonini topshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida (44 600 so`m) to`lov to`lanadi.  

 Sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tgan talabgorlarga davlat tilini bilish to`g`risidagi malaka sertifikati beriladi va u muddatsiz amal qiladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1