1

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 60 yoshdan oshganlarga qo`llash tavsiya etilmadi

Jamiyat 30.09.2020, 11:45
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 60 yoshdan oshganlarga qo`llash tavsiya etilmadi

Bu haqda mazkur markazning rasmiy bayonotiga asoslanib TASS xabarbermoqda, deya yozmoqda "Xalq so'zi" nashri.

Unga ko`ra,  Rossiyaning N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinani 60 yoshdan oshganlarga qo`llashga rasmiy ravishda klinik sinovlarning uchinchi bosqichi tugagandan keyin ruxsat etiladi.  

Ma`lumki, Rossiya Federasiyasi dunyodagi birinchi davlat bo`lib, "Covid-19"ga qarshi vaksinani ro`yxatdan o`tkazgan edi. Preparat N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi va Rossiya to`g`ridan-to`g`ri investisiya jamg`armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Unga "Sputnik V" deb nom berilgan edi.

Markaz direktori Aleksandr Ginsburg so`zlariga ko`ra, Rossiyada ayni paytda kuniga o`rtacha 500-600 kishi ushbu vaksinani qabul qilmoqda va umumiy ko`rsatkich allaqachon 5 ming kishidan oshgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1