1

O`zbekistonning to`rtta hududida 198 nafar koronavirusdan zararlanganlar aniqlandi. Ikki bemor vafot etdi

Jamiyat 30.09.2020, 18:23
O`zbekistonning to`rtta hududida 198 nafar koronavirusdan zararlanganlar aniqlandi. Ikki bemor vafot etdi

2020 yil 30 sentyabr soat 17:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 717 (+198) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:  

  • 148 nafari Toshkent shahrida,  
  • 25 nafari Jizzax viloyatida,  
  • 17 nafari Andijon viloyatida  
  •  8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 

Bugun ayni paytga qadar:  

  • Toshkent shahrida 234 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,  
  • Namangan viloyatida 27 nafar,  
  • Jizzax viloyatida ham 27 nafar,  
  • Andijon viloyatida 20 nafar,  
  • Samarqand viloyatida 12 nafar,  
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,  
  • Navoiy viloyatida 8 nafar,  
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 53 366 (+396) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 881 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1