AsosiyJamiyat

Jizzaxda koronavirusdan davolanayotgan bemor ularga hatto tushlik ham berilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Prokuratura tekshiruv boshladi (video)

'Jizzaxda koronavirusdan davolanayotgan bemor ularga hatto tushlik ham berilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Prokuratura tekshiruv boshladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda koronavirusga chalinib davolanayotgan fuqaro Q.Abdusattarovning Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga murojaati videosi tarqaldi.

Unga ko`ra, Q.Abdusattarov Jizzax viloyatidagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash markazida davolanayotganligi, koronavirusga chalinganlar uchun davlat tomonidan 32 mln. so`m pullar ajratilayotgan bo`lsa-da, bemorlar dorilarni shaxsiy mablag`lari hisobidan sotib olayotganliklari, bemorlarga tushlik ovqati berilmayotgani, muassasadagi bo`sh o`rinlarga bemorlar sun`iy ravishda qabul qilinmayotganligi aytilgan.

Ayni paytda mazkur videomurojaat Bosh prokuratura tomonidan ko`rib chiqildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

 Mazkur murojaatda bayon qilingan holatlar yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganish ishlari boshlandi. Natijasi haqida qo`shimcha ravishda xabar beriladi, deyilmoqda rasmiy bayonotda.

    Boshqa yangiliklar